AQShning Bombinyas shahrida Ford avtomobili haydovchisi beshinchi g‘ildirak yordamida mashinalar qatoridan xavfsiz chiqishni namoyish etdi. TJournal holat aks etgan videoni taqdim etdi.
Dastlab avtomobilning orqa qismi ko‘tarilgan, shundan keyin u yo‘l tomonga burilgan. Mashina tig‘iz joylashgan avtomobillar orasida bo‘lishiga qaramasdan, haydovchi uni tezda chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Daily Mail’ning yozishicha, bu texnologiya birinchi marta 1950-yillarda qo‘llanilgan, Qo‘shimcha g‘ildirak yukxonaga joylashtirilgan va gidrosilindr yordamida harakatlangan.
Izoh (0)