Shvetsiyaning Uppsala shahrida tajovuzkor xulqi uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan tilanchiga uning kurtka va sumkasidan topilgan hamda musodara qilingan 6 million krona (742 ming dollar) puli qaytarib berildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“U pullar qayerdan kelganligini tushuntirdi. Boshqa aytadigan gapim yo‘q”, — deydi hodisa yuzasidan surishtiruv olib borgan prokuror Anna Shyoblum. Erkak ayblovning barcha bandlari bo‘yicha aybsiz deb topilgan. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish yopilgan.
Politsiya tilanchini 12-fevral kuni u o‘tkinchilarga avtobus chiptasi uchun pul so‘rab xiralik qilgani uchun qo‘lga olgan edi.
Izoh (0)