Rossiya Havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin Suriyadagi Rossiya qo‘shinlariga yana boshchilik qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi manbasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Sergey Vladimirovich Rossiya guruhiga boshchilik qilish uchun yana Suriyaga xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bu masala hozirgi vaqtda muhokama qilinmoqda”, — deydi vazirlik manbasi.
U, shuningdek, Surovikin Suriyaga yuborilgan taqdirda ham Havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondonligicha qolishini ta’kidladi. Uning vazifalarini esa vaqtincha o‘rinbosari bajaradi.
Izoh (0)