Qozog‘istonlik 10 yoshli maktab o‘quvchisi Abay Tajibay Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning farzandlari Adam va Axmatni jangga chorladi. Bu haqda “Olamsport” Tajibayning Instagram orqali qilgan murojaatiga asoslanib xabar berdi.
Abay kikboksing bo‘yicha Astana shahrining ikki karra chempioni hisoblanadi. Kichik Qodirovlar bilan jang qilish uchun ham u endi MMA sir-asrorlarini o‘rganishni boshlagan.
O‘ylashimcha, Abay jangga chaqiruv tashlashga haqli. Hozir Olmaotada yashayapmiz, o‘g‘lim MMA mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. U bilan bir necha murabbiy ishlayapti. Professional MMA jangchisi Zamguzal Fayzollanova ham murabbiylar orasida bor.Abay Tajibayning otasi
Razman Qodirovga tegishli bo‘lgan “Axmat” klubi 2016-yilning 1-oktabr kuni bolalar o‘rtasida MMA turniri o‘tkazgan bo‘lib, unda rahbarning farzandlari Adam va Axmat g‘olib chiqqandi. Ular ayni paytda Rossiyada yagona bo‘lib turgan bolalar MMA kamariga ega.
Biroq bu masala Rossiyada katta e’tirozlarni keltirib chiqardi. Bolalarni bu kabi janglar orqali tarbiyalash to‘g‘ri emasligi masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)