12—18-fevral kunlari respublika avtomobil yo‘llarida 134 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 139 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, deb xabar beradi O‘zA.
5—11-fevral kunlari ushbu ko‘rsatkich 120 tani tashkil etib, jarohatlanganlar soni 113 nafar edi.
Xabarda keltirilishicha, o‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 88 ming 730 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 806 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 872 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 313 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 258 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.
Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)