Hindiston 20-fevral kuni Agni-2 ballistik raketasi sinov parvozini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Raketa yadro jangovar kallagini tashishga qodir. Bu haqda 20-fevral, seshanba kuni The Times of India nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Strategik maqsadli kuchlar qo‘mondonligi Agni-2 mashq parvozini Hindistonning Orissa shtati sohillarida joylashgan Abdul Kalam orolidagi poligondan amalga oshirgan.
Uzunligi 20 metr bo‘lgan Agni-2 ikki bosqichli ballistik raketasi 2 ming kilometrgacha masofaga bir tonnagacha og‘irlikdagi jangovar kallakni tashishga qodir.
Izoh (0)