Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasida maxsus tergov xonasi ishga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eng so‘nggi zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ushbu xonada so‘roq, yuzlashtirish, shaxsni tanib olish, masofadan turib videokonferensaloqa tizimida tergov harakatlarini olib borish imkoni mavjud.
“Bu turdagi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni bartaraf etishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)