Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 19-fevraldagi 3543-sonli farmoniga asosan Mirodil Sangilov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi UzReport.
Mirodil Sangilov “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida va keng miqyosida, sifatli amalga oshirishga mas’ul edi.
Ushbu lavozim Prezidentning 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan edi.
Izoh (0)