Asosiy kriptovalyuta — bitkoin haftaning birinchi kunini o‘sishdan boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Keskin tushishdan keyin endi tiklanib borayotgan bitkoin kursi dam olish kunlari qariyb ming dollarga oshdi va endi 11039 dollarga sotilmoqda.
Bir sutka davomidagi ko‘tarilish 4,95 foizni tashkil etdi.
Bitkoin kursi 16-fevral kuni 10 ming dollar ko‘rsatkichidan oshgan edi.
Izoh (0)