Venesuelada yengil motorli Cessna samolyoti turar joyga qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Uchuvchi omon qoldi va kasalxonaga yetkazildi.
Havo kemasi Syudad-Bolivar shahridagi uyga quladi va yong‘in keltirib chiqardi. Vayron bo‘lgan uy bekasi jabrlanmadi.
Izoh (0)