Toshkentning “Lokomotiv” klubi 19-fevral kuni Eronda “Zob Ohan”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi bellashuvda “Lokomotiv”ga braziliyalik Nivaldo yordam bera olmaydigan bo‘ldi. Klub shifokori Abror Pirriyevning ma’lum qilishicha, Nivaldo “Al-Vahda” klubiga qarshi o‘yinda oyoq paylarini cho‘zib olgan va 2 haftaga safdan chiqqan.
“Al-Vahda”ga qarshi bellashuv “temiryo‘lchilar”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lib, Nivaldo 36-daqiqada jarohat olib maydonni tark etgandi. Bungacha u 25-daqiqada yangi klubi safidagi debyut golini urishga erishgandi.
Izoh (0)