Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun Rossiyaning 4 ta klubi kurash olib borayotgandi. Kecha — 15-fevral kuni shulardan 2 tasi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Moskvada Ispaniyaning “Atletik” klubini qabul qilgan “Spartak” 1:3 hisobida yengildi. Mamlakatning amaldagi chempioni bo‘lgan “Spartak” postiga “Atletik”ning 35 yoshli hujumchisi 2 ta gol urishga erishdi.
Roberto Manchini boshchilik qilayotgan Piterning “Zenit” klubi esa Shotlandiyada taslim etildi. Endi “Zenit” nimchorak final malasasini o‘z maydonidagi o‘yin orqali hal qilishga urinib ko‘radi.
O‘zbekistonlik Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Fransiyada kechgan o‘yinda Mario Balotelli “temiryo‘lchilar” darvozasiga 2 ta gol urishga erishgandi. Keyinroq “Lokomotiv” legioneri xet-trik qayd etib, jamoasini qutqarib qoldi.
Shu kuni Vitaliy Denisov birinchi taymdan so‘ng almashtirildi. Qayd etish kerak, Balotelli aynan birinchi bo‘limda dublga erishgandi.
Yevropa Ligasi 1/16 final 15-fevral, payshanba
Izoh (0)