O‘zbekistonda Ucell brendi ostida ishlayotgan Coscom MChJ namanganlik fuqaroga ortiqcha olingan pullarni qaytardi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yil yanvar oyida viloyatning Pop tumanida yashovchi fuqaro inspeksiyaning 1144 ishonch telefoniga murojaat qilib, operator mobil aloqasi uchun ortiqcha pul olganligidan shikoyat qildi.
Inspeksiya xodimlari kompaniya vakillari bilan birgalikda murojaatni o‘rgandi. Mijoz hisobidan chindan ham ortiqcha pul olingani aniqlandi va egasiga qaytarildi. Uning miqdori ma’lum qilinmadi.
Coscom kompaniyasiga kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida ogohlantirish xati taqdim etildi.
Izoh (0)