2017-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlarida 22950 reys amalga oshirildi, 2703,4 ming yo‘lovchi manziliga yetkazildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi UZ24.
O‘tgan yili aviakompaniya tomonidan 48,9 ming tonna yuk tashildi va 2016-yilga nisbatan 11,6 foiz o‘sishga erishildi. Yuk samolyotlarida 1044 reys bajarildi, 27,4 ming tonna yuk manziliga yetkazildi.
Dushanbega, Samarqanddan Istanbulga yangi yo‘nalishlar ochildi, Laxorga parvozlar tiklandi. Olmaota, Ostona, Urganch—Sankt-Peterburg yo‘nalishida yo‘lovchi reyslari qatnovi ko‘paytirildi.
Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” qo‘nishsiz Shimoliy Amerikaga uchishni amalga oshirayotgan Markaziy Osiyodagi yagona aviakompaniya hisoblanadi.
Izoh (0)