Italiya poytaxti Rimda qurilish karyeri yaqinida yo‘l cho‘kishi oqibatida yaqin atrofga qo‘yib ketilgan yetti avtomobil 10 metr chuqurga tushib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mashinalarda hech kim yo‘q edi, shu bois voqeada qurbonlar bo‘lmadi. Qutqaruvchilar yaqin atrofdagi ikki uydan odamlarni evakuatsiya qildi.
Rim meri Virjiniya Raggiga ko‘ra, bu uylarda 20 oila, 50–60 kishi istiqomat qilar edi.
Rim prokuraturasi voqea yuzasidan ish ochdi.
Izoh (0)