Xiaomi 14-fevral kuni Redmi Note 5 ni chiqarishga faol hozirlik ko‘rmoqda. U butunlay yangi qurilma bo‘lishi yoki Redmi 5 yoki Redmi 5 Plus asosidagi qurilma bo‘lishi 14-fevral kuni aniq bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.Ru.
Redmi Note 5 ning bugun paydo bo‘lgan suratlari u yangi qurilma bo‘lishi ehtimoli ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi.
Yuqorida taqdim etilgan render Redmi Note 5 18:9 nisbatdagi uzaytirilgan displeyga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Yuqori va quyi romlari ham avvalgi model bilan taqqoslaganda ingichkaroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, smartfon 16 va 5 megapikselli vertikal qo‘sh kameraga ega bo‘ladi. Undan quyida yorug‘lik diodli vspishka va barmoq izi skaneri joylashadi. Selfi uchun kamera 8 megapikselli bo‘ladi.
Izoh (0)