Ruminiya va Polshada raketaga qarshi 37 ta mudofaa tizimi qurilishi uchun AQSh rahbariyatiga 1,8 milliard dollar taqdim etish haqida talabnoma yo‘naltirilgan. Bu haqda Raketaga qarshi mudofaa agentligi operatsiyalar bo‘yicha direktori Geri Pennett ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“2019-moliyaviy yil budjet loyihasi doirasida ‘Idjis’ BMD tizimi uchun 1,8 milliard dollar so‘radik. Raketaga qarshi mudofaa agentligi Ruminiya va Polsha obyektlari, shuningdek, tegishli sohillar bo‘ylab kemalarda 37 ta ‘Idjis’ SM-3 tizimini ta’minlaydi”, — deydi Pennett.
Bu haqda u Pentagondagi maxsus brifingda ma’lum qildi.
Izoh (0)