Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashyev IIVning mahalliy boshqarmasi rahbariyatiga 240 ta xizmat avtomobili kalitlarini topshirdi: 200 ta yengil avtomobil, 36 ta maxsus avtomobil va to‘rtta motosikl. Marosimni o‘tkazish uchun politsiya Yekaterinburgning markaziy maydonini band qildi, deb yozmoqda TJournal.
Viloyat IIB vakilining ma’lum qilishicha, yangi avtomobillar politsiyachilarga prezident saylovi va futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida jamoat tartibini saqlashga yordam beradi.
Izoh (0)