Toshkentda ikkilamchi kvartira bozoridagi taklifning o‘rtacha qiymati yanvar oyida bir kvadrat metr uchun 558 shartli birlikni tashkil etib, bir oy avvalgi ko‘rsatkichdan (545 sh.b.) ikki foizga oshdi. Bu haqda Credo Max Estimation tashkilotining baholash tahliliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Yilning birinchi oyi yakunlariga ko‘ra g‘isht uylardagi kvartiralar narxi 2 foizga oshgan, panel uylardagi kvartiralar qiymati ham 2 foizga oshib, 531 sh.b.ni tashkil etgan.
Xonalar soniga qarab bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rsatkichlarni tashkil etdi: bir xonali — 558 sh.b. (+2 foiz), ikki xonali — 542 (+3 foiz), uch xonali — 578 (+3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali kvartiralar — 557 (o‘zgarishsiz).
Izoh (0)