Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishayotganligi haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari bilan mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholini uy-joy va ish bilan ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash haqida muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida bunyod etilayotgan madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi.