“O‘zstandart” agentligi O‘zDSt 3286:2018 davlat standarti “Halol” oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanmani joriy etdi. Yaqin vaqt ichida mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari uchun tegishli yo‘riqnoma chiqadi, deb yozadi Norma.
“Halol” standartlari mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlariga Islom qoidalariga muvofiq talablarni belgilaydi.
Standartlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun sotish bozorlarini kengaytirish va ziyorat turizmini rivojlantirishga ko‘mak beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zstandart” agentligi “Halol” standartlarining ahamiyati haqida rolik taqdim etgan edi.
Izoh (0)