Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahar IIBga A.Jomiy ko‘chasi 74-uy 9-xonada yashovchi Aziza Sharipova ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Fuqaro o‘z arizasida Matiz rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib manzili tomon borayotganida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi oqibatida avtomashinada bexosdan uxlab qolganligini, bu holatdan foydalangan haydovchi uning bo‘ynida bo‘lgan 2 million 400 ming so‘mlik tilla zanjirini sezdirmay o‘g‘irlab olganligini bildiradi.

Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Kogon shahar Qorovulbozor shox ko‘chasi 133-uyda yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Jamol Ne’matov sodir etganligi aniqlandi.

Haydovchi o‘zi boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan Aziza Sharipovaning avtomashinada mast holatda uxlab qolganligidan foydalanib S.Ayniy MFY “Xalqlar do‘stligi” ko‘chasi hududiga yetganda, unga sezdirmasdan bo‘ynidagi tilla zanjirini yashirin ravishda qo‘lga kiritganligini tan oldi.

Mazkur holat yuzasidan Jamol Ne’matovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Kasseta mojarosi” — Ukraina prezidenti kabinetiga o‘rnatilgan diktofon, Antarktidaga uchgan samolyot halokati va Tehron konferensiyasining boshlanishi. Kun xronol...
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 137 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Global talab zaiflashayotgani sabab dunyoda narxlar pasayishi kutilmoqda