Xitoyning Foshan (janubiy Guandun provinsiyasi) shahri asosiy magistrallaridan birida yo‘lning o‘pirilishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 8-fevral, payshanba kuni shahar transport boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa 7-fevral kuni tunda Szixuasi ko‘chasidagi trassaning bir qismida yuz berdi. Boshqarma o‘pirilishga ushbu magistral ostidan o‘tgan metroning ikkinchi tarmog‘idagi qurilish ishlari sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Rasmiylar sakkiz kishining halok bo‘lganligini tasdiqladi, uch kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Hodisa oqibatida yana to‘qqiz kishi jabrlangan, ular shifoxonaga yuborilgan. Hozirgi paytda ular hayotiga hech narsa tahdid qilmayapti.
Izoh (0)