Bugun — 8-fevral kuni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida joylashgan olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ini rasman ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

Tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligida Pxyonchxanga jo‘nab ketgan O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakat bayrog‘ini ko‘tarish marosimida ishtirok etdi. Uning davomida Ahmadjonov Pxyonchxan shahar meri bilan uchrashdi.

Foto: MOQ

Olimpiada—2018 uchun maxsus ishlab chiqilgan suviner mer tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi muzeyi uchun taqdim etildi. O‘z navbatida Umid Ahmadjonov shahar meriga esdalik sovg‘a topshirdi.

Pxyonchxan—2018. O‘zbekistonlik sportchilarning chiqishlari qaysi sanalarga to‘g‘ri kelishi ma’lum

Foto: MOQ

Ertaga — 9-fevral kuni Pxyonchxan Olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qishki Olimpiada oldidan o‘zbekistonlik sportchidan kichik intervyu: Men chang‘ini ikki yoshimdan buyon bilaman