Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya, Turkiya va Eronning Suriya bo‘yicha birgalikdagi ishlari va ushbu formatdagi yangi aloqalarini telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Rossiya, Turkiya va Eronning Suriya yo‘nalishidagi birgalikdagi ishlarini davom ettirish ahamiyatiga urg‘u berildi, — deyiladi xabarda. — Ushbu formatdagi yangi aloqalarning istiqbollari muhokama qilindi”.
Shuningdek, ikki yetakchi suhbatida Suriyada deeskalatsiya zonalarini tashkil etish haqidagi Ostona kelishuviga aniq va so‘zsiz rioya etish ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Putin va Erdo‘g‘on terrorchilarga qarshi kurashish uchun RF va Turkiya qurolli kuchlari va maxsus xizmatlari harakatlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishdi.
Izoh (0)