“Taxtlar o‘yini” serialining yaratuvchilari Devid Benioff va Den Uayss “Yulduzlar jangi” filmining yangi seriyasiga ssenariy yozadi va uni suratga oladi. Bu haqda StarWars saytida ma’lum qilindi.

Foto: StarWars

Benioff va Uayssning ijodi Lyuk Skayuokerning klassik sagasi va yaqinda anons qilingan Rayan Jonsonning trilogiyasidan farq qiladi.

“Devid va Den — bugungi kundagi eng yaxshi ssenariynavislardan. O‘ylashimcha, ularning ko‘p qirrali qahramonlari ‘Yulduzlar jangi’ filmining syujetini aql bovar qilmas darajada qiziqarli qilib yuboradi”, — deydi Lucasfilm prezidenti Ketlin Kennedi.

“1977-yilning yozida biz uzoq galaktika tomon yo‘l oldik va hamon u haqida orzu qilamiz. Bizga taqdim etilgan imkoniyatdan juda mamnunmiz va shu bilan birga zimmamizdagi mas’uliyatdan bizor cho‘chiyapmiz. ‘Taxtlar o‘yini’ning so‘nggi mavsumi tugashi bilan biz mamnuniyat bilan ishga kirishamiz”, — deydi Benioff va Uayss o‘zlarining birgalikdagi bayonotida.

Yangi film qachon ekranlarga chiqishi ma’lum qilinmadi.