Pixar animatsion studiyasi “Barselona” futbolchilari bosh qahramon bo‘lgan multfilm yaratish niyatida, deb xabar berdi La Jugada Financiera.
“Ayni vaqtda kataloniyaliklar animatsion film suratga olish borasida amerikalik rejissorlar bilan muzokara o‘tkazmoqda. ‘Barselona’ va Pixar menejerlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilgan. Biz mayda-chuyda prodyuserlar haqida gapirmayapmiz. Bu Uolt Disney”, — deydi radioboshlovchi Rokko Shtaynxauzer.
“Barselona” mazkur film orqali o‘z brendining media sohasidagi mashhurligini oshirish niyatida. Kartina haqida batafsil ma’lumotlar hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Pixar kinostudiyasining “O‘yinchoqlar tarixi” (1995), “Nemoni izlab” (2003), “Ratatuy” (2007), “VALL-I” (2008), “Chaqmoq MakKuin” multfilmlari butun dunyoda mashhurlikka erishgan.
Izoh (0)