Qip-qizil tusga kiradigan moviy Oyning, shuningdek, super Oyning ilk suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Yangi Zelandiya, Rossiya, Xitoy, Filippin va boshqa joylarda ushbu hayratlanarli hodisani kuzatganlar suratlar bilan bo‘lishdi.
Kamyob astronomik hodisa — super Oy, Oy tutilishi va moviy Oyning bir vaqtga to‘g‘ri kelishini 31-yanvar kuni tong payti kuzatishdi.
Oy bilan bog‘liq ushbu hodisalar alohida olganda noodatiy narsa emas, ammo ularning uchalasi kamdan-kam hollarda bir paytga to‘g‘ri keladi. So‘nggi marta bunday holat 1866-yilning 31-martida qayd etilgan edi.
Sharqiy yarim sharda bunday tasodif so‘nggi marta 1982-yil dekabrida kuzatilgan.
Super Oyni 31-dekabr kuni tongda kuzatishdi, to‘lin Oy esa faqat Shimoliy Amerikaning markaziy va g‘arbiy qismida ko‘rindi.
Izoh (0)