AQShning eng yirik biznesmenlari bir savdo kuni mobaynida 114 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda, Bloomberg Billionaires Index milliarderlar indeksiga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, yo‘qotishlar bo‘yicha yetakchi mediamagnat Uorren Baffet bo‘ldi — uning zarari 5 milliard dollardan oshdi. Ikkinchi o‘rinda — Facebook asoschisi Mark Sukerberg (3,6 milliard dollar), uchinchi o‘rinda — Amazon asoschisi va dunyoning eng boy insoni Jeff Bezos (3,2 milliard dollar).
AQShning asosiy birjalari bir kunda 3,5–4 foizga tushib ketdi. Bu yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.
Rossiya matbuotiga ko‘ra, rossiyalik oligarxlar buning natijasida bir kunda 2,1 milliard dollar yo‘qotgan.
Izoh (0)