Eron sharqida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi 4,4 ni tashkil etdi, deb yozadi “Vestnik Kavkaza”.
Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi epimarkazi Kirmon shahridan 54 kilometr shimolda, uning o‘chog‘i esa 33 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)