Turkiya sharqidagi Van viloyatida yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi, qurbonlar bor. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohat olgan. Uch nafar jabrlanuvchining ahvoli o‘ta og‘ir sifatida baholanmoqda.
Jarohatlanganlarning barchasi — Turkiya fuqarolari.
Izoh (0)