Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 4 ta terma jamoa nomi aniq bo‘ldi: O‘zbekiston, Yaponiya, Iroq va Eron.
O‘zbekiston terma jamoasi to‘plar nisbatiga ko‘ra “B” guruhini boshqarib turibdi. Ertaga — 5-fevral kuni ular hal qiluvchi o‘yinda Yaponiyaga qarshi zalga chiqadi. Mazkur zona vakillari egallagan o‘rniga qarab, “A” guruhi yetakchilari bilan chorak finalda to‘qnash keladi.
“A” guruhida vaziyat chigal. So‘nggi turda Xitoy Taypeyi Vyetnamga qarshi saf tortsa, Malayziya futzalchilari Bahraynni sinovdan o‘tkazadi.
“C” guruhida esa Osiyoning futzaldagi eng kuchli a’zosi bo‘lgan Eron 2 ta o‘yinda 25 ta gol urdi. Ilk turda Myanma termasini 14:0 hisobida taslim qilgan forslar, keyinroq Xitoy ustidan 11:1 hisobida zafar quchdi. Iroqning g‘alabalari esa anchagina kamtar bo‘ldi.
“D” guruhini kutilmaganda Tailand terma jamoasi 3-o‘rinda o‘tkazmoqda. Kelasi turda taylar Qirg‘iziston bilan to‘qnash keladi. Livan esa autsayder Iordaniyani sinovdan o‘tkazadi.
Izoh (0)