Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali sotish tizimi shu yildayoq joriy etiladi, deb yozadi Norma.
Ayni paytda davlat aktivlari riyeltorlar, “Toshkent” Respublika fond birjasi, Davlat raqobat qo‘mitasi bo‘linmalari, hokimliklar qoshidagi komissiyalar orqali sotiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ushbu jarayonni yanada shaffof va ochiqroq, shuningdek, investorlar va tadbirkorlar uchun yanada qulayroq qilishi mumkin.
Veb-sayt ko‘rinishidagi elektron savdo maydonida sotilayotgan davlat aktivlari haqida barcha ma’lumot mavjud bo‘ladi.
Tizimni joriy qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- 2018-yil 1-iyuldan tizim sinovdan o‘tkaziladi, u Toshkent viloyatida amalga oshiriladi;
- 2018-yil sentabridan tizimning Respublika hududidagi ishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.