So‘nggi kunlarda Farg‘ona vodiysidagi siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida yuzlab avtomobillar to‘planib qolgan navbatlar kuzatilmoqda. Aholisi zich yashaydigan vodiydagi transportlarning aksariyati metan gazda yuradi, deb yozadi “Carzone.uz”.
“Qo‘qon shahridagi gaz zapravkalaridan kamida uch soatda qaytasiz”, — deydi uzoq “safar”dan qaytgan haydovchilardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida haydovchilar gaz to‘ldirish shoxobchasida besh soatgacha kutib qolmoqda. Buning ustiga gazning bosimi past. Ayrim shoxobchalarning nazoratchilari tomonidan asosiy navbat qatoridan tashqari “premium-navbat” ham tashkil etilgan. Uzoq kutishni istamagan haydovchi qo‘shimcha 5—10 ming to‘laydi va ikki barobar tezroq vaqt ichida gaz to‘ldirib oladi.
Quyidagi fotosuratlar 2018-yilning 1-fevralida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Bog‘dod va Rishton tumanlarida olingan.
Bu yerda besh yuzdan ortiq avtomobil navbat kutmoqda. Kun sovuq. Navbat esa kamida uch soatda keladi.
Bu yerda mashina nisbatan kam. Ehtimol chekkada joylashgani uchundir.