Tehron politsiyasi hijob o‘rashga qarshi o‘tkazilgan norozilik aksiyasida ishtirok etgan 29 ayolni jamoat tartibini buzganligi uchun hibsga oldi. Bu haqda, The Guardian nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ayollarning norozilik namoyishlari 31-yanvar, chorshanba kuni 2017-yilning may oyida Masih Alinajot tomonidan o‘ylab topilgan “oq chorshanba” kampaniyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. U ayollarni oq hijob taqishga yoki boshini umuman yopmasdan kelishga chaqirgan.Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda hijobini yechib, uni xuddi bayroq kabi uzun chopga bog‘lab, ko‘tarib olgan ayollarning suratlari paydo bo‘ldi. Ularning barchasi hijob o‘rashdan bosh tortmoqda.
Eron bosh prokurori Muhammad Ja’far Muntaziriy mazkur namoyishni “yaxshi yetilmaganlik” deb atab, buni xorijdagilarning ig‘vosi deb ta’rifladi.
Eronda ayollarning boshlarini o‘rab yurishi borasidagi majburiyat 1979-yilda, Islom inqilobidan keyin yuzaga kelgan.