Moskvaning Presnya tuman sudi Kirov viloyatining sobiq gubernatori Nikita Belixni 8 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Belix o‘ta yirik miqdorda pora olishda aybdor deb topildi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. Bunda uning hibsda saqlangan muddati ham hisobga olinadi.
Shunindek, sobiq gubernatorga olingan poraning ikki barobari — 48,2 million rubl miqdorida jarima ham tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Nikita Belix 2016-yil iyunida Moskvada 150 ming yevro pora olayotganda FXX xodimlari tomonidan ushlangandi.