Nijniy Novgorodda IShID a’zosi yo‘q qilindi. Bu haqda FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Terrorchi yaqin xorijdagi davlatlardan birining fuqarosi bo‘lib chiqdi. U Rossiya prezidenti saylovi kuni hujum uyushtirishni rejalashtirgandi.
Qo‘lga olish chog‘ida jangari kuch tizimi xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi va yo‘q qilindi.
Jinoyatchining manzilidan qo‘lbola portlovchi qurilma, yana bir necha bomba tayyorlash uchun qismlar, o‘qotar qurol va o‘q-dori topildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.