“Yoshlar uylari”ni taqsimlashning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan elektron navbat tizimi sinov tartibida ishga tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Respublika komissiyasi tomonidan hisobga qo‘yilgan nomzodlar elektron navbatda qayd etiladi hamda hududlardagi uylarning topshirilish jarayoniga qarab nomzodning navbat raqami tizimli ravishda o‘zgarib boradi. Ushbu tizim orqali yosh oila vakillari uyidan chiqmagan holda o‘z navbatini unga berilgan maxsus ID-kod asosida muntazam ravishda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Yoshlar uylari”dan birini sotib olish uchun hujjatlarini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashiga taqdim etgan nomzodlar hududiy hamda Respublika komissiyalari ishini onlayn kuzatib borishning ham elektron tizimi sinov tartibida ishga tushirilmoqda. Mazkur tizim orqali yosh oilalar hududiy va Respublika komissiyalari xulosasi bilan shaxsan tanishishi mumkin.
Izoh (0)