O‘zbekiston hududiga 2—3-fevral kunlari Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali nam va nisbatan sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati ma’lum qildi.
Shu kunlari shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
2-fevral kuni respublikaning ayrim hududlarida yog‘inlar (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida yog‘insiz ob-havo saqlanib qoladi.
Aksariyat hududlarda kunduz payt 5-10 daraja iliq bo’ladi.
3-fevral kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari boshqa hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kunduz payti harorat 0-5 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)