G‘ayrat Nazarov 1981-yilda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan mudhish voqea sodir bo‘ldi.
G‘ayrat Andijon shahridagi xususiy korxonalardan birida yollanma ishchi bo‘lib faoliyat yuritar edi.
“Korxonada belkurak ishlab chiqarilar edi. 23-mart kuni baxtsiz hodisa yuz berdi. O‘sha kuni 120 tonnalik stanok ikkala kaft qo‘limni bosib qoldi. Shu tariqa qo‘llarimdan ayrildim. Hozirda birinchi guruh nogironiman. Birdan bir orzum protez qo‘l o‘rnattirish. Protez qo‘l o‘rnatish Germaniyada 57 ming dollar, Rossiyada 40 ming dollar ekan”, — deydi G‘ayrat Nazarov.
G‘ayrat so‘zlarini davom ettirar ekan, boshqalarga o‘xshab duo uchun qo‘l ocha olmasligini o‘kinch bilan ta’kidlaydi.
G‘ayrat Nazarovning sog‘lom hayotgan qaytishi uchun imkon qadar yordam beraylik!
Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998901428385
Izoh (0)