• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerak

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda alohida ta’kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

    Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e’tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    O‘tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo‘shgani qayd etildi. Bu, ayniqsa, yaqin va uzoq yon-atrofda ro‘y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og‘ir yillarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

    Shu bilan birga, yig‘ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi.

    Davlat rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug‘ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo‘linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlaydigan bo‘linmalarni mustahkamlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    O‘zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko‘lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

    Prezident Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o‘zining kundalik faoliyatini mamlakatning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta’kidladi.

    Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funksiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakat huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

    Prezident MXX o‘quv yurtlarining rahbarlari va professor-o‘qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og‘ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishni qat’iy vazifa qilib qo‘ydi.

    Shuningdek, oldin xabar berilganidek, yig‘ilishda Prezidentning davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

    Prezident farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.

    Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

    31.01.2018, 20:07   Izoh (0)   46149
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xovosda 98 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

    31.01.2018, 19:12

    Toshkent tibbiyot akademiyasining 2 talabasi firibgarlik uchun 8 yilga qamalishi mumkin

    31.01.2018, 18:44

    Beeline mobil operatori abonent to‘lovini oshirish borasidagi rejasini bekor qildi

    31.01.2018, 18:31

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” Dubayga qo‘shimcha reyslarni joriy qiladi

    31.01.2018, 17:33

    1-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

    31.01.2018, 17:21

    Samarqandda sotuvchi to‘lovni plastik orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan xaridordan qo‘shimcha pul talab qildi

    31.01.2018, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 16:05

    Xitoy sun’iy intellektli robot kiyiklarini Tibetga yubordi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 16:00

    “Manchester Siti” Vinisius Junior bilan muzokara boshladi

    Sport | 12 avgust, 15:50

    O‘zbekistonda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz jazolandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:47

    Toshkent aeroportida ikki qizni Hindistonga fohishalikka jo‘natayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:40

    “Nijniy Novgorodda harbiy holat eʼlon qilinmagan” Toshkentdagi universitet talabalarining videochiqishiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.