Amerika tomoni yevropalik hamkorlar “shartnoma kamchiliklarini tuzatish” ustida ish boshlamagan taqdirda Eron yadro bitimidan chiqadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bu oxirgi imkon. Yevropalik hamkorlarning bitim kamchiliklarini tuzatish ustida ishlash majburiyati bo‘lmagan taqdirda AQSh Eron yadro shartnomasida qolish uchun sanksiyalarni bekor qilish rejimini ortiq uzaytirmaydi. Prezident istalgan vaqtda kelishuvga erishib bo‘lmaydi degan qarorga kelsa, AQSh zudlik bilan bitimdan chiqadi”, — dedi u.
Boshqarma Rossiya va Xitoy Eron bilan bitimni “tuzatish” bo‘yicha muzokaralarga nega taklif etilmaganligi haqidagi savolga javob bermaganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)