Kecha — 30-yanvar kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 25-tur bellashuvlari start oldi. Oyning so‘nggi kunidagi 7 ta o‘yin bilan mazkur tur o‘z yakuniga yetadi.
Uelsning “Suonsi” klubi ketma-ket ikki g‘alabasi bilan xavfli zonadan chiqib oldi. O‘tgan turda “Liverpul”ni taslim qilgan uelsliklar, bu safar “Arsenal” darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Suonsi” portugaliyalik Karlush Karvalyal tashrifiga qadar APLda so‘nggi o‘rinni egallab turgandi. Bosh murabbiy kelgach, uelsliklar 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ochkoni qo‘lga kiritdi. Hozircha faqatgina “Tottenhem” yangi murabbiyni taslim qila olgan xolos.
“Liverpul” mazkur turda yirik g‘alabani tantana qilib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uni quvib yetish uchun bugun “Chelsi” zafar quchishi talab etiladi.
Kecha, shuningdek, Londonning ikki klubi 1 ochkodan bo‘lib oldi. Quyida bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Angliya Premyer-Ligasi 25-tur bellashuvlari 30-yanvar, seshanba
“Suonsi” — “Arsenal” 1:3
Gollar: Nacho Monreal, 33 (0:1). Sem Klukas, 34 (1:1). Jordan Ayyu, 61 (2:1). Sem Klukas, 86 (3:1).“Vest Hem” — “Kristal Pelas” 1:1
Gollar: Kristian Benteke, 24 (0:1). Mark Noubl, 43-pen (1:1).“Xaddersfild” — “Liverpul” 0:3
Gollar: Emre Jan, 26 (0:1). Roberto Firmino, 46+ (0:2). Muhammad Saloh, 77-pen (0:3).31-yanvar, chorshanba“Everton” — “Lester” 00:45“Chelsi” — “Bornmut” 00:45“Sautgempton” — “Brayton” 00:45“Nyukasl” — “Byornli” 00:45“Tottenhem” — “Manchester Yunayted” 01:00“Stok Siti” — “Uotford” 01:00“Manchester Siti” — “Vest Bromvich” 01:00
Izoh (0)