Kunduzgi vaqtda uyquchilikni boshdan kechiruvchi kishilar Alsgeymer xastaligiga chalinishga ko‘proq moyil. AQSh Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi, deb yozadi MedPage Today.

Foto: Getty Images

Tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshni tashkil etdi.

Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilar biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, beta-amiloidlarni (Alsgeymer xastaligini keltirib chiqaruvchi peptidlar) aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiya yordamida ularning bosh miyasi suratlari olindi.

Shifokorlar miya faoliyatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan amiloid toshmalari bo‘lgan insonlar kechasi yomon uxlab, kunduzi uyquchanlikni boshdan kechirishini aniqladi.