O‘zbekistonda xorijiy diplomlar nostrifikatsiyasi uchun hujjatlarni qabul qilish onlayn-servisi ishga tushdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi ushbu xizmatni ishga tushirdi.
Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, arizachilar xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish uchun onlayn ariza berishi mumkin.
Shundan so‘ng arizachilar suhbatda yoki imtihonda qatnashishi lozim.
Inspeksiyaning ta’kidlashicha, hozirda nostrifikatsiya uchun imtihonlarni O‘zbekiston viloyatlarida tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)