O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga Chexiya Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi ma’suliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.
Izoh (0)