Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya samolyotlari tomonidan jangarilarning to‘rt dala komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda Telegram’dagi Directorate 4 kanali orqali ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Rossiya havo-kosmik kuchlari guruhining hujumi natijasida “Jabhat an-Nusra” negizida tuzilgan “Hay’at tahrir ash-Shom” guruhining komandirlari Abu Musob Suriy, Abu Muhammad az-Zayim, Abu Basir Dar Azza va Abu Ubayda o‘ldirilgan.
Ular o‘z jangarilarining Abu ad-Duxur shahridagi harakatlarini muvofiqlashtirib borayotgandi.
Izoh (0)