28-yanvar kuni Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi bosh direktori Hishom al-Vakayan rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Tashrif davomida Kuvayt delegatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, moliya vazirliklarida, investitsiyalar, avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitalarida va boshqa idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)