Xitoylik molekulyar biologlar birinchi marta Dolli qo‘yini klonlashtirish uslubini qo‘llagan holda Chjunchjun va Xuaxua laqabli maymunlarni olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Olimlar birinchi marta 2000-yilda maymunlarni klonlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq unda boshqa uslub qo‘llanilgan — urug‘langan embrion bir necha qismga bo‘lingan, buning natijasida genetik jihatdan bir xil maymunlar tug‘ilgan. Bunday uslub faqat to‘rtta hayvonni yaratish uchun mos keladi.

Bu safar mutaxassislar “nazariy jihatdan cheksiz sondagi klonlar yaratish” uchun Dolli qo‘yi klonlashtirilgan uslubdan foydalandi. Olimlar somatik yadroviy hujayra o‘tkazmasidan foydalanib, donor hujayradan yadroni chiqarib oldi va uni boshqa hayvon hujayrasi bilan almashtirdi. Tuxum hujayrani “aldash” uchun olimlar elektr tokidan foydalangan, hujayra o‘zini “urug‘landi” deb o‘ylaganida embrion ishlab chiqarishni boshlagan.

Olimlarning ta’kidlashicha, maymunlarda tana harorati me’yorda, ovqatlanish vaqtida emish refleksiyalari ishlamoqda, shuningdek, rivojlanishda, vaznda va bosh o‘lchamlarida kamchilik yo‘q.