• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalq so‘zi” Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida: hayoti fojiali yakun topgan yurtdoshlarimiz qismati barchaga saboq bo‘lmog‘i lozim

    18-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining Aqto‘be viloyati “Chimkent — Samara” avtomobil yo‘lida 57 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanayotgan avtobus yonishi oqibatida 52 nafar hamyurtimiz halok bo‘lgani haqidagi xabar barchamizni larzaga soldi. Ularning aksariyati Namangan viloyatidan edi, deb yozadi “Xalq so‘zi”. Gazeta chop etgan maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    To‘raqo‘rg‘on tumanining Katta Qurama mahallasidagi “Do‘stlik” qabristonida bir kunning o‘zida 11 ta qabr olov ichida qolgan yigitlar jasadini bag‘riga oldi. Tumandagi O‘zbekiston, Bozorboshi, Shohidon mahallalaridan safarga chiqqan va yong‘in qurboniga aylangan 9 nafar fuqaro ham so‘nggi yo‘lga alam-u iztirob bilan kuzatib qo‘yildi. O‘zga yurtdan rizq izlab falokatga duch kelgan bu insonlarga aza tutib, faqat oila a’zolari, yaqinlarigina emas, butun qishloq, butun yurt yig‘ladi.

    Har qanday ko‘rgilikning sabab va oqibatlari bor. Umrbod ayriliq azobini tortishga mahkum etilgan onalarning ko‘zida qotib qolgan yosh, bir kun ichida g‘amdan beli bukchaygan otalar iztirobi, bevaqt bevaga aylangan juvon kiygan qora libos, “Senga sovg‘a olib kelaman”, deya chiqib ketgan dadasini umid bilan kutayotgan jajji bolakayning dunyo tashvishidan xabarsiz nigohiga qarab fojia salmog‘ini chuqurroq his etasan, kishi. Bu nima, yoshlarimizning qanoat, shukronalik tuyg‘ularidan begona bo‘lib borayotganimi yoki ayrim joylarda ularning ehtiyoj va qiziqishlariga mos sharoit yo‘qligi, masalan, ma’lumoti, kasb hamda malakasiga munosib ish o‘rni yetarli emasligimi? Yoxud ota-onalar farzandlarini Vatanga mehr, uning buguni va istiqboli yo‘lida mehnat qilish ruhida tarbiyalashning uddasidan chiqa olmayotganlari natijasimi?

    Norg‘ul o‘g‘lonlaridan ajralgan Katta Qurama mahallasi hududida bugun 3153 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ma’lumotlar va haqiqiy ahvolga xolis nazar tashlasak, bu yerda bandlik masalasi o‘tkir muammo ekanligi darrov ko‘zga tashlanadi. Hududdagi bitta maktab va bir maktabgacha ta’lim muassasasi, paxta hamda g‘allaga ixtisoslashtirilgan ikkita, sanoqligina chorvachilik va tutchilik fermer xo‘jaliklaridagi ish o‘rinlari bilan bor-yo‘g‘i uch yuz nafarga yaqin fuqaro band qilingan. Sanoatga ixtisoslashtirilgan korxonani kunduzi chiroq yoqib topolmaysiz. Hatto hamma joyda bor sartaroshxona yoki poyabzal tuzatish ustaxonasi yo‘qligidan quramaliklar qo‘shni mahallalarga chopishadi. Tuman hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarning hududga e’tibori yetarli emasligidan bu yerga istiqbolli loyihalarni joylashtirish kun tartibidan tushib kelayotir.

    Shu o‘rinda mutasaddilarga aytiladigan bir gap: Katta Quramaning yonginasida joylashgan Oqtosh shaharchasi yaqin vaqtga qadar sanoatlashgan hudud sifatida minglab fuqarolarni ish bilan band qilib kelayotgan edi. Ayrim korxonalar faoliyatining to‘xtatilishi, boshqalarida xususiylashtirish talablari buzilishi oqibatida ulardagi mehnat o‘rinlari yo‘qoldi. Yoki hududdan uncha uzoq bo‘lmagan Saroy mahallasidagi “Namangan qishloq xo‘jalik mashinalari” korxonasi, tikuvchilik fabrikasi filiali ham qishloq ahli bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan. Bugun chevarlik sexi o‘rni odamlarga turar joy uchastkasi sifatida berib yuborilgan. Xususiylashtirilgan mashinasozlik korxonasidan esa bo‘m-bo‘sh hovli-yu uch qavatli qarovsiz ma’muriy bino “yodgorlik” bo‘lib turibdi.

    Ammo Katta Quramaning boshqa imkoniyatlari, xususan, omilkor insonlari va saxovatga to‘la ekinzor yerlari bor. Shundoqqina Shimoliy Farg‘ona kanali etagida joylashgan mazkur manzil aholisi azaldan dehqonchilikka usta. Suvga serob tomorqadan oqilona foydalanish hadisini olgan quramaliklar yaqin vaqtga qadar ham ochiq usulda ekilgan bodring hosilini viloyatda birinchilardan bo‘lib bozorga olib chiqqan. Ammo odamlarda mehnatga ishtiyoq susaydi chog‘i, keyingi paytlarda ushbu an’ana bir chetga surildi, tomorqachilikdan baraka qochdi. Ko‘pchilik o‘zini yengil-yelpi ishlarga ura boshladi. Tezroq va ko‘proq pul topish ilinjida xorijga borishga ishtiyoqmand yoshlar safi kamayish o‘rniga ortib bordi.

    — Olis yurtlarga yo‘l olgan yigitlarimiz astoydil mehnat qilsalar, o‘sha daromadni qishlog‘imizning o‘zida ham bemalol topsa bo‘ladi, — deydi ko‘pni ko‘rgan oqsoqol Ibrohim ota Bo‘stonov. — Masalan, ko‘pchilik mahalladoshlarimiz tomorqasidagi issiqxonani xazinaga aylantirgan. Muhammadjon Murodov degan tajribali inson bor. Limonning o‘zidan 10—15 million so‘mga yetkazib foyda oladi. Ikki o‘g‘lining hovlisiga ham limonzor qilib bergan. Bolalari o‘n ikki oy shu mashg‘ulot bilan band. Qishin-yozin bozorga ko‘kat chiqaradi. Topgan-tutganlari bilan ro‘zg‘or tebratishayapti, to‘ylarni o‘tkazib, mashina minishayapti. Yoki qurilish sohasini olaylik. Hozirgi paytda yangi uy-joy tiklayman, imoratini zamonaviy usulda qayta quraman yoki ta’mirlayman, deganlarning sanog‘i yo‘q. Beton quyish, g‘isht terish, suvoq va pardozlashga uquvi bor aksariyat yigitlar xorijga ishlash uchun ketganidan bu yumush qo‘lidan keladigan insonlarni topish muammoga aylangan. Ustaning bir kunlik ish haqi 50—70 ming so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, bir oy davomida qishloqning o‘zida ham 2 million so‘mga yetkazib daromad topish mumkin-ku, axir.

    Aqto‘bedagi fojianing eng katta musibati Mirzaabdulla Madrahimovning oilasi boshiga tushdi. Bu xonadondan ikki o‘g‘il —Hamidullo va Habibullo olis safarga otlangandi. Hamidulloning ayoli beva, ikki norasida farzandi yetim qoldi. Habibulloni esa ishlab kelganidan so‘ng uylantirishni mo‘ljallab turishgandi. Qo‘ni-qo‘shnilarning gapiga qaraganda, Mirzaabdulla aka va o‘g‘illarining uy-joy sharoiti yomon emas. Katta o‘g‘ilning xususiy “Zil”, kichigining “Kamaz” yuk mashinalari bor. Bunday ulov bilan yaxshigina pul topib, ro‘zg‘orni bemalol tebratsa bo‘lardi. Yigitlarga bu oz ko‘ringan chog‘i, xorijni ko‘zlab qolishdi. Oqibati esa... Bugun bir yo‘la ikki dilbandini tuproqqa topshirgan Mahfirat opaning “Bolalarimni uzoqqa yubormayman, deya oyoq tirab turib olsam bo‘lardi-ku”, — deya chekayotgan afsus-nadomatlari endi juda-juda kech ekanligidan har qanday inson iztirobga tushadi.

    Mahallaning Yangiobod ko‘chasida yashagan Olimjon Sulaymonov yong‘inda qolganlarning eng katta yoshlisi edi. Haydov traktori minganidan topgani bilan ro‘zg‘orini binoyiday tebratib kelgan oila boshlig‘i yigirma kuncha avval to‘ng‘ich qizini uzatib, to‘y xarajatlaridan birmuncha qarzdor bo‘lib qolgan ekan. Rossiyaga borib ishlab kelishga qaror qilib, 15-yanvar kuni yo‘lga chiqqan Olimjon aka qadrdon go‘shasi va yaqinlarini butunlay tark etayotganini bilganida edi... Bugun bevalik qismatini bevaqt qabul qilgan ayoli, ayniqsa, kelinlik liboslari taxi buzilmay otasidan ayrilgan qizining ohi ko‘kka o‘rlayapti...

    — Endi sirayam xorijga noqonuniy yo‘llar bilan bormayman, — deydi oilasi boshiga tushgan fojia munosabati bilan o‘zga davlatdan yetib kelgan Alisher Murodillayev. — O‘tgan yili otamni so‘nggi yo‘lga kuzatgandik. Endi ukam... Bahodir boyoqish go‘shangaga kirishga ham ulgurmadi. U kasb-hunar kollejini avtomobil sohasi bo‘yicha tamomlagandi. Mutaxassisligi bo‘yicha ishlasa, ish topsa bo‘lardi. Chet elga o‘z yo‘rig‘imcha pul topgani ketib ukamga noo‘rin o‘rnak ko‘rsatganim uchun bir umr afsus-nadomat yukini ortmoqlab yurishdan o‘zga choram yo‘q.

    Fojia ro‘y berganidan marhumlarni dafn etishgacha bo‘lgan kunlar mamlakatimiz ahlining sabr-bardoshi, boshiga musibat tushgan yurtdoshlarimiz irodasini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari boshchiligida tegishli mutasaddilar, butun xalqimiz ularning dardiga sherik bo‘ldi.

    Ma’lumki, ro‘y bergan fojia sabablarini, halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va ularni mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha Hukumat komissiyasi astoydil ish olib bordi. Dastlabki, xulosalar aytildi ham. Sabablar esa ko‘p. Ammo ularning hech biri atrofdagilarning o‘zini-o‘zi oqlashiga asos bo‘la olmaydi. Asosiy xulosa shu: farzandlarimizni asraylik, sabr-toqatli bo‘lishga, hayotda oqilona yo‘lni tanlashga o‘rgataylik. Zero, ularning hech biri chet ellardan rizq izlab noqonuniy safarga otlanmasin! Hayoti fojiali yakun topgan yurtdoshlarimiz qismati barcha-barchaga saboq bo‘lmog‘i lozim.

    Qudratilla Najmiddinov,“Xalq so‘zi” muxbiri.

    26.01.2018, 09:11   Izoh (0)   54560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston IIV yoshlarni ishga taklif qilmoqda

    26.01.2018, 09:04

    “Aloqabank” avtomobil sotib olish uchun kredit berishni boshladi

    26.01.2018, 09:00

    Islom Karimovning kelinoyisi Birinchi Prezident haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi

    26.01.2018, 08:56

    Aqto‘bedagi avtobus halokati qurbonlariga bag‘ishlangan xayriyada qariyb 220 mln so‘m yig‘ildi

    26.01.2018, 08:27

    O‘zbekistondagi barcha maktablarda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi o‘quvchi bo‘ladi

    25.01.2018, 23:37

    Miroboddagi mehmonxonada Qashqadaryoda firibgarligi uchun qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi

    25.01.2018, 23:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” serialida Malfoy va boshqa Xogvarts o‘quvchilari rollarini kimlar ijro etishi ma’lum qilindi

    Kino | 10 iyun, 12:38

    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 10 iyun, 12:00

    O‘zbekistonda endi shaxsning o‘z aybini tan olgani uni jazoga tortish uchun yetarli bo‘lmaydi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 12:28

    Issiq havoda ham uzoq turadigan makiyaj qilish bo‘yicha tavsiyalar

    Layfstayl | 10 iyun, 12:25

    Toshkent shahri, viloyati va vodiyda 11-iyun kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 10 iyun, 12:22

    Endokrinolog holsizlik xavfli belgi bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Layfstayl | 10 iyun, 12:00

    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

    Reklama | 10 iyun, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.